9 Fevral 2023 572

Konkurchilarimiz Germaniyadagi nufuzli musobaqada qatnashishadi

Ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari navbatdagi xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Germaniyaning Zulsbax-Rozenberg shahriga yetib kelishdi. Ushbu shahar 8-11-fevral kunlari CSI2* tasnifidagi nufuzli xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi.

Bellashuvlarda Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev sportchi sifatida oʻz omadini sinab koʻradi. Shuningdek, Jahon kubogining final bosqichiga tayyorgarlik koʻrayotgan Nurjan Tuyakbayev hamda terma jamoa yetakchilaridan biri Bekzod Qurbonov ham startga chiqishadi.

Musobaqada sportchilarimizning hamrohi boʻlmish otlar ham kerakli tekshiruvlardan oʻtkazildi. Tashkiliy qoʻmitaning veterinariya boʻlimi mutasaddilari har bir otning salomatligi, tana haroratini koʻzdan kechirib, bellashuvlarda ishtirok etish uchun ularga ruxsat berdi. Hamyurtlarimizga boʻlajak turnirda omad tilaymiz.

Text to speech