8 Fevral 2023 1152

Yosh kurashchilarimiz sog‘-salomat Turkiyadan qaytib kelishdi

Turkiyaning Kaxramanmarash shahrida tashkil etilgan xalqaro musobaqada qatnashgan sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkentga qaytib keldi. Ushbu shahar zilzila epitsentriga aylanib qolgach hamyurtlarimiz Anqara shahriga ko‘chirildi. Shundan so‘ng ular Anqara-Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha poytaxtimizga qaytib kelishdi.

Istanbulda jamoaga qo‘shilgan O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi Bosh kotibi Shurhat Mamadaliyev ularning yurtimizga yetib kelishida boshchilik qildi. Musobaqaga yo‘l olgan 13 nafar delegatsiya a’zolarining (2 murabbiy, 1 hakam va 10 nafar sportchi) barchasi sog‘-salomat.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi sportchilarimizning Vatanimizga qaytishida katta yordam bergan O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasiga minnatdorchilik bildiradi.

Text to speech