8 Fevral 2023 845

MBAda tarixiy natija!

Milliy basketbol assotsiatsiyasining (MBA) ortda qolgan navbatdagi kunida tarixiy voqelik yuz berdi. Gap shundaki, “Leykers” hujumchisi Lebron Jeyms “Oklaxoma”ga qarshi bahsdan soʻng MBA tarixida eng koʻp ochko jamgʻargan basketbolchiga aylandi.

Ushbu oʻyinda Jeyms jamgʻargan ochkolar 38 tani tashkil etdi. Bu bilan uning butun faoliyatidagi ochkolari 38 388 taga yetdi! Shu tariqa, Lebron afsonaviy Karim Abdul-Jabborning natijasini yangiladi.

Oʻyinga tashrif buyurgan Abdul-Jabbor Jeymsni shaxsan oʻzi ushbu muvaffaqiyat bilan qutladi. Biroq oʻyin “Leykers”ning 130:133 hisobidagi magʻlubiyati bilan yakunlandi.

Text to speech