Aleksandr Ponomaryovni tabriklaymiz!
Bugun baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Ponomaryov tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Aleksandr Ponomaryov 1959-yil 8-fevral kuni tugʻilgan. 13 yoshidan beri eshkak eshish sporti bilan shugʻullanib keladi. Faoliyati davomida Oʻzbekiston va Sobiq Ittifoq chempionatlarining gʻolib va sovrindori boʻlgan. Murabbiylik faoliyatida Vadim Menkov, Gerasim Kochnev, Serik Mirbekov kabi iqtidorli sportchilarni tarbiyalab bergan. 2010-yil koʻrsatgan xizmatlari uchun davlatimiz tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Aleksandr Ponomaryovni tavallud kuni bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.