7 Fevral 2023 1040

Toshkent “Katta dubulgʻa” turniri: Hozirgacha 23 davlatdan talabnoma kelib tushgan

Xabaringiz bor, joriy yilning 3-5-mart kunlari Toshkent dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniriga mezbonlik qiladi. Unda sportchilar chempionlik bilan birga Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlidagi qimmatli reyting ochkolari uchun ham kurash olib borishadi.

Ani paytga kelib, 23 terma jamoa mazkur musobaqada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtgan. Ular orasida poytaxtimiz oʻtgan yil mezbonlik qilgan dunyo birinchiligida +100 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan kubalik Endi Granda kabi nomlarni koʻrish mumkin.

Hozirgacha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasida qatnashish istagini bildirgan jamoalar: Kanada, Markaziy Afrika Respublikasi, Xitoy Taipeyi, Kuba, Kipr, Estoniya, Buyuk Britaniya, Yamayka, Qozogʻiston, Livan, Monako, Chernogoriya, Yangi Zelandiya, Polsha, Samoa, Saudiya Arabistoni, Sloveniya, JAR, Ispaniya, Shvetsiya, Shveysariya, BAA, AQSH, Vyetnam.

Text to speech