7 Fevral 2023
1131
Jahon sportida nima gap?
- Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi zilzila natijasida zarar ko‘rgan Turkiya va Suriyaga yordam beradi. Bu haqida tashkilot rahbari Tomas Bax ma’lum qildi.
- Milliy xokkey ligasi mutasaddilari xokkeychilarning 2026 yil Milan va Kortina d’Ampetsso shaharlarida o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
- Kanvon-2024 qishki o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi musobaqa medallari uchun dizaynlar konkursini e’lon qildi.
- Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) va Qozog‘iston dzyudo federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra, 2023-2026 yillar davomida Astana yoki Almati shaharlarida “Katta dubulg‘a” tasnifiga kiruvchi musobaqalar o‘tkaziladi.