7 Fevral 2023 1260

Dilnoza Rahmatovani tabriklaymiz!

Bugun kanoeda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Dilnoza Rahmatova tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Rahmatova Dilnoza Bakir qizi 1998-yil 7-fevral kuni Toshkent viloyatida tugʻilgan. Chirchiq Olimpiya zaxiralari kolleji tarbiyalanuvchisi.

2018-yil Indoneziyada oʻtgan Osiyo oʻyinlarida kanoeda eshkak eshish boʻyicha juftlik bahslarida Nilufar Zokirova bilan kumush (500 metr), yakkalik poygasida esa (200 metr) bronza medali sohibi boʻldi. Yoshlar oʻrtasida jahon chempioni.

2019-yil avgustda Vengriyaning Seged shahrida oʻtgan jahon chempionatida 200 metr masofaga kechgan juftlik bahslarida Nilufar Zokirova bilan bronza medaliga ega chiqdi. Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida yakkalik va juftlik dasturlarida ishtirok etdi.

Dilnoza “Milliy sport mukofoti-2019” tanlovida “Yilning eng yaxshi ayol sportchisi” nomiga sazovor boʻlgan. Shuningdek, sportchimiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati, “Kelajak bunyodkori” medali sohibasi hisoblanadi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Dilnoza Rahmatovani tavallud kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan gʻalabalar tilab qoladi.

Text to speech