6 Fevral 2023 1507

Adham Ikramov noolimpiya sport turlarini qo‘llab-quvvatlashga doir reja bilan tanishdi

Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Qo’mita raisi o’rinbosari Sherzod Tashmatov ishtirokida mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport inshootlaridan samarali foydalanishni tashkil etish, noolimpiya sport turlarini qo‘llab-quvvatlash hamda tartibga solish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. 

Unda mazkur yo‘nalishlarga mas'ul xodimlar ishtirok etib, kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Xususan, mahallalarda barpo etilayotgan uch toifadagi sport maydonchalarining qurishlish ishlarini belgilangan tartib asosida olib borish va jarayonlarni jadallashtirish ustuvor vazifalardan biri ekanligi alohida qayd etib o‘tildi. Shuningdek, qurib bitkazilgan sport maydonchalaridan samarali foydalanish, ularining yaroqliligini ta'minlash va tozaligini saqlash bo‘yicha alohida monitoring olib borish vazifasi belgilandi. 

Shundan so‘ng noolimpiya sport turlarini rivojlantirish bo’yicha 2023-yilda e'tibor qaratish lozim bo‘lgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi. Bu borada mazkur sport turlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha takliflar bayon qilindi.

Text to speech