6 Fevral 2023 1297

Olimpiada sovrindori Rustam Saidov 45 yoshda!

Bugun boks boʻyicha Sidney-2000 Olimpiya oʻyinlari sovrindori Rustam Saidov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Rustam Saidov 1978-yil 6-fevral kuni tavallud topgan. Faoliyati davomida +91 kg vazn toifasida ishtirok etib, eng nufuzli sport musobaqalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan. Rustam Toʻxtasinovich 1999 va 2007-yillar Osiyo chempionatlari, Pusan-2002 va Doxa-2006 Osiyo oʻyinlarining oltin medal sohibi hisoblanadi. Shuningdek, 2003-yil Bangkokda oʻtgan jahon chempionati va Sidney-2000 Olimpiya oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Ushbu muvaffaqiyatlari evaziga sportchimiz davlatimiz tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Rustam Saidovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga sihat-salomatlik va uzoq umr tilab qoladi.

Text to speech