11 Iyun 2020
3176
Onlayn mashg'ulot: O'zbekiston karate assosiasiyasi
Do'stlar, siz bilan yana bir onlayn-mashg'ulotni baham ko'rishga tayyormiz! Bu safar karate mashg'ulotlari qanday qilib olib borilishini ko'rsatamiz.
Barcha mashg'ulotlar xorijlik murabbiy tomonidan ingliz tilida olib borildi. Sportchilarga qulaylik yaratish maqsadida ko'rsatmalar ular uchun onlaynda o'zbek tiliga tarjima qilib borildi.
Karate bo'yicha mashg'ulotlarda nafaqat turli texnikalar o'rganiladi, balki sportchilarning jismoniy va ruhiy holati yaxshilanadi.
Biz bilan qoling va onlayn mashg'ulotlarimizni kuzatishda davom eting. Hali ko'p foydali va qiziqarli mashqlarimiz bor.