5 Fevral 2023 779

Dzyudochilarimiz Parij “Katta dubulg’a” turnirini 2 ta bronza medali bilan yakunlashdi

Fransiya poytaxtida dzyudo bo’yicha “Katta dubulg’a” turniri o’z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi musobaqani 2 ta bronza medali bilan tugatdi.

Xabar berganimizdek, kechki dasturda +100 kg vazn toifasida hamyurtlarimiz Shohruh Baxtiyorov va Alisher Yusupov bronza medali uchun o’zaro bahs olib borishdi. Qiziqarli kurashda Yusupovning qo’li baland keldi va termamizga 2-bronza medalini taqdim etdi.

Eslatib o’tamiz, kechagi kun dasturida -60 kg vazn toifasida Kamoliddin Baxtiyorov ham shohsupaning uchinchi pog’onasiga ko’tarilgan edi.

Text to speech