5 Fevral 2023
1143
Parijda o’zbekcha “duel”
Dzyudo bo’yicha Parij “Katta dubulg’a” turnirida kechki dasturda medallar uchun kurashadigan polvonlar nomi ma’lum bo’ldi. Ahamiyatlisi, +100 kg vazn toifasida ikki o’zbek dzyudochilari Alisher Yusupov va Shohruh Baxtiyorov bronza medali uchun o’zaro bahs olib borishadi.
Yusupov yarim finalda afsonaviy Teddi Rinerga (Fransiya) imkoniyatni boy berib ushbu bosqichga keldi. Chorak finalda yaponiyalik Hyogo Otadan mag’lubiyatga uchragan Baxtiyorov o’tish bosqichida zafar quchib, shohsupaga ko’tarilish imkoniyatini saqlab qoldi. Afsuski, amaldagi jahon chempioni Muzaffarbek To’raboyev (-100 kg) musobaqani 7-natija bilan yakunladi.