5 Fevral 2023
1577
Velosportchilarimi shosse yoʻnalishidagi dastlabki litsenzion ochkolarini jamgʻarishdi
Velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi hamda “Tashkent city cycling woman team” klubi aʼzolari Kiprdagi xalqaro musobaqada ishtirok etishmoqda. Ushbu turnirdagi muvaffaqiyatli start orqali qizlarimiz Parij-2024 yoʻlida ilk ochkolarni qoʻlga kiritishdi.
13.5 kilometr masofadan iborat dastlabki poygada tajribali Olga Zabelinskaya marra chizigʻini ikkinchi boʻlib kesib oʻtdi. Shuningdek, terma jamoamiz vakillaridan Yanina Kuskova 4, Shahnoza Abdullayeva 11, Madina Qahhorova 13-natijani qayd etishdi.
Bir necha bosqichdan iborat musobaqada 6 ta jamoa ishtirok etmoqda. Hozircha “Tashkent city cycling woman team” 58 ochko bilan umumiy klassifikatsiyada peshqadamlik qilyapti.