5 Fevral 2023 923

Yengil atletikachilarimizning Osiyo chempionatidagi taqvimi bilan tanishamiz

10-12-fevral kunlari Qozog‘iston poytaxtida yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi X Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi katta tarkibda ishtirok etadi. Murabbiylar shtabi ushbu musobaqada asosan yoshlarga imkoniyat berishni ma’qul topdi. Shu bois Svetlana Radzivil, Safina Sadullayeva kabi yetakchilar uni o‘tkazib yuboradi. Chempionatda qatnashadigan atletlarimizning jadvali bilan tanishing: 

10-fevral: 

Yekaterina Voronina (besh kurash)

Anvar Anvarov (uzunlikka sakrash, saralash) 

Laylo Allaberganova, Farida Soliyeva (400 metr, saralash)

Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash, saralash) 

Ivan Denisov (Uch hatlab sakrash, final) 

11-fevral: 

Zahiriddin Shokirov (yetti kurash)

Valentina Kibalnikova, Lidiya Podsepkina (60 metrga to‘siqlar osha, saralash) 

Ergash Normurodov (60 metrga to‘siqlar osha, saralash)

Darya Reznichenko (uzunlikka sakrash, saralash)

Jasmina Mansurova (langarcho‘pga tayanib sakrash, final)

Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash, final) 

12-fevral: 

Zahiriddin Shokirov (yetti kurash)

Estafeta 4x400 metr ayollar: (Laylo Allaberganova, Kamila Mirsaliyeva, Farida Soliyeva, Malika Rajabova)

Text to speech