4 Fevral 2023 1030

Kamoliddin Baxtiyorov bronza medali sohibi!

Parij “Katta dubulg’a” turnirida final blokidan o’rin olgan bahslar boshlandi. -60 kg vazn toifasida bronza medali uchun kurash olib borgan Kamoliddin Baxtiyorov bellashuvni muvaffaqiyatli o’tkazdi.

Ushbu bosqichda o’tgan yilgi jahon chempionati finalchisi mo’g’ulistonlik Ariunbold Enxtayvan bilan bellashgan Baxtiyorov bahsni o’z foydasida hal qildi. Shu tariqa, 2022-yil mamlakat chempionligiga erishgan yosh polvonimiz ilk bor xalqaro turnirda shohsupaga ko’tarilmoqda.

Text to speech