4 Fevral 2023 965

Baxtiyorov va Nurillayev bronza medali uchun kurashadi

Parijda start olgan dzyudo bo’yicha “Katta dubulg’a” musobaqasining kechki dasturida medallar uchun bahs olib boradigan sportchilar nomi ma’lum bo’ldi. Quvonarlisi, unda Kamoliddin Baxtiyorov (-60 kg) va Sardor Nurillayev (-66 kg) bronza medali uchun tatamiga chiqishadi.

Baxtiyorov faoliyatida ilk bor kattalar tasnifidagi bunday yirik musobaqada shohsupaga ko’tarilishi uchun mo’g’ulistonlik Ariunbold Enxtayvinni yengishi talab etilsa, Nurillayevga janubiy koreyalik Jaehong An raqiblik qiladi.

Text to speech