Devis kubogi: Bugun keyingi bosqich masalasi hal etiladi
Poytaxtimizda tennis boʻyicha Devis kubogi jahon saralash bosqichi doirasida Oʻzbekiston va AQSH terma jamoalari oʻzaro bahs olib borishmoqda. Bugun ikkinchi kun bellashuvlari oʻtkaziladi.
Dastlab Fayziyev / Fomin juftligi Kraychek / Ram tandemiga qarshi kortga chiqadi. Kechagi bahslardan soʻng okean orti vakillari 2:0 hisobida oldinda borishmoqda. Musobaqa bir jamoaning uchinchi gʻalabasigacha davom etishini inobatga olsak, amerikalik tennischilarning gʻalabasi ularni keyingi bosqichga olib chiqadi. Agar unda hamyurtlarimizning qoʻli baland kelsa, yakkalik bahslariga navbat beriladi. Bugun quyidagi uchrashuvlarga guvoh boʻlamiz:
Sanjar Fayziyev / Sergey Fomin ⚔️ Ostin Kraychek / Rajiv Ram
Sergey Fomin ⚔️Tommi Paul
Humoyun Sultonov ⚔️ Makkenzi Makdonald