3 Fevral 2023 922

Dzyudochilarimizning Parij “Katta dubulg‘a” turniridagi ilk raqiblari ma’lum


4-5 fevral kunlari Fransiya poytaxti mezbonlik qiladigan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniriga qur’a tashlandi. Ma’lum qilganimizdek, unda O‘zbekiston terma jamoasi 7 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Qur’aga ko‘ra, hamyurtlarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:

-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov – Yam Volshak (Isroil) / Stenley Pervil (Gaiti)
-66 kg: Sardor Nurillayev – Fernand Nikero (Gabon) / Xuan Ernandes (Kolumbiya)
-66 kg: Bobur Vadjiyev – Felipe Pelim (Braziliya)
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev – Anxzaya Lavjargal (Mo‘g‘uliston) / Turpal Djovkayev (Finlyandiya)
-100 Muzaffarbek To‘raboyev – Nikolas Pavlovski (Polsha)
+100 kg: Alisher Yusupov – Saba Inaneishvili (Gruziya)
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov – Freddi Figuyero (Ekvador)

Text to speech