3 Fevral 2023 974

Jahon chempioni Parij “Katta dubulgʻa” turnirida ishtirok etmaydi

Dzyudo boʻyicha ertaga start oladigan Parij “Katta dubulgʻa” turniri oldidan Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida oʻzgarish. -90 kg vazn toifasida ishtirok etishi kutilgan Davlat Bobonov musobaqani oʻtkazib yuboradigan boʻldi. Sportchimizning maʼlum qilishicha, salomatligida kichik muammo borligi bois ushbu musobaqada qatnasha olmaydi.

Shu tariqa, bellashuvlarda 7 nafar sportchimiz ishtirok etadi. Bugun kunning ikkinchi yarmida qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtadi.

Text to speech