3 Fevral 2023 1350

Tog‘ chang‘ichilarimiz Qirg‘izistondagi xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli qatnashishmoqda

Qirg‘izistonda tog‘ chang‘isi bo‘yichi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Unda Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston kabi terma jamoalar o‘zaro bahs olib borib borishyapti. Bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan vakillarimiz har bir yo‘nalishda shohsupaga ko‘tarilishmoqda. Jumladan, Pxyonchxan-2018 va Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Komiljon To‘xtayev gigant-slalom dasturida birinchi o‘rinni egalladi. Arman Gayupov va Valeriya Kovalyova esa shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Batafsil:

Gigant-slalom, erkaklar:
1. Komiljon To‘xtayev (O‘zbekiston) 
2. Zaxar Kuchin (Qozog‘iston) 
3. Arman Gayupov (O‘zbekiston) 

Ayollar:
1. Yana Meling (Qozog‘iston) 
2. Albina Ivanova (Qirg‘iziston) 
3. Valeriya Kovalyova (O‘zbekiston) 

Text to speech