17 Iyun 2020 4109

Onlayn-mashg'ulot: O'zbekiston boks federasiyasi

Sportchilarning onlayn-mashg'uloti qizg'in davom etyapti!

Bugun sizlar bilan O'zbekiston boks federasiyasining Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan uchinchi masofaviy mashg'ulotidan videoni baham ko'rmoqdamiz.

Mashg'ulot boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Marat Qurbonov rahbarligida olib borildi. Dastlab bo'g'imlarni cho'zish bilan chigalyozdi mashqlari o'tkazildi, so'ngra mashg'ulotlarning asosiy qismiga o'tildi.

Videoni tomosha qiling va sportchilarimizdan o'rnak olib, muntazam mashq qiling. Sog'lom bo'ling va kasallikdan yiroq yuring!

Milliy Olimpiya qo'mitasi barcha sportchilarni kelgusida o'z ustida jiddiy ishlashda davom etishga, sog'lig'ini yaxshilab borishga va muntazam ravishda jismoniy mashqlarni bajarib borishga undaydi. Shuningdek, barcha murabbiy va sportchilarga o'z uylarida noodatiy sharoitdagi shug'ullanish ishtiyoqi uchun tashakkur bildiradi.

Text to speech