2 Fevral 2023 1496

AQShga qarshi o‘yinda terma jamoamiz Istominsiz harakat qiladi

3-4-fevral kunlari poytaxtimizda tennis bo‘yicha Devis kubogi saralash bosqichi doirasidan o‘rin olgan O‘zbekiston va AQSh terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bugun bellashuvlardan oldin matbuot anjumani va qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Unda Yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O‘zbekiston tennis federatsiyasi Bosh kotibi Iroda To‘laganova va xalqaro tennis federatsiyasidan tashrif buyurgan ekspertlar ishtirok etishdi.

Anjuman davomida OAV xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi. Ahamiyatlisi, bo‘lajak uchrashuvda tajribali Denis Istomin qatnashmasligi ma’lum qilindi. Qur’a natijasiga ko‘ra, juftliklar quyidagicha shakllandi:

3-fevral:
Sergey Fomin – Makkenzi Makdonald
Humoyun Sultonov – Tommi Paul

4-fevral:
Sanjar Fayziyev / Sergey Fomin – Ostin Kraychek / Rajiv Ram
Sergey Fomin – Tommi Paul
Humoyun Sultonov – Makkenzi Makdonald

Text to speech