1 Fevral 2023
1217
Polo boʻyicha Toshkent viloyati hokimi kubogi uchun turnir oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy boshqarmasiga qarashli bazada qor polosi boʻyicha Toshkent viloyati hokimi kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi. Qatorasiga 3 yil oʻtkazilayotgan mazkur turnirda 4 jamoa gʻoliblik uchun bahs olib bordi.
Shiddatli bellashuvlar yakunida Milliy gvardiya qoshidagi chavandozlar maktabi jamoasi gʻalaba qozondi. Milliy gvardiyaning asosiy jamoasi esa kumush medalga sazovor boʻldi. Kuchli uchlikni Milliy gvardiya qoshidagi chavandozlar maktabining Toshkent viloyati jamoasi yakunlab bergan boʻlsa, ushbu maktabning Toshkent shahridagi boʻlimidan tashrif buyurgan sportchilar soʻnggi pogʻonadan joy oldilar.