O‘zbekiston chempionatida yangi nomlar kashf etilmoqda
Xabar qilganimizdek, poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning ikkinchi kunida o‘rta vazn toifasidagi bellashuvlar o‘tkazildi. Bu yilgi bahslar ham murosasizligi bilan alohida ajralib turmoqda. Musobaqa murabbiylar shtabi uchun yangi nomlarni kashf etib beryapti. Ikkinchi kun shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar ro‘yxati quyidagi ko‘rinish oldi:
O‘g‘il bolalar:
-73 kg:
1. Hojiakbar Toshev (Buxoro)
2. Murod Bekmurodov (Buxoro)
3. Nodir Mavlonberdiyev (Toshkent vil.)
3. Dilshod Shukrulloyev (Toshkent shahri)
-81 kg:
1. Axror Ziyadullayev (Toshkent shahri)
2. Samariddin Muhibiddinov (Toshkent shahri)
3. Sultonbek Abdushukurov (Jizzax)
3. Shahzodxo‘ja Sharipov (Buxoro)
Qizlar:
-63 kg:
1. Laylo Yo‘ldosheva (Xorazm)
2. Gulzor Xojanova (Qoraqalpog‘iston)
3. Sarvinoz Husanova (Samarqand)
3. Dispina Bachkova (Buxoro)
-70 kg:
1. Xurshida Razzoqberdiyeva (Xorazm)
2. Toygul Hamroyeva (Buxoro)
3. Begoyim Hayitova (Qashqadaryo)
3. Barchin Qodirova (Xorazm)