1 Fevral 2023 1426

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasining rejalari muhokama qilindi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi sport federatsiya va assotsiatsiyalarining Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik rejalari bilan tanishishda davom etmoqda. Jumladan, MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasida ushbu sport turlarining istiqbolli rejalari bilan tanishdi.

Tadbirda federatsiya raisining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Goʻzal Moʻminova yaqin 2 yillik strategiya haqida batafsil maʼlumot berdi. Bunda 2022-yilning 23-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-449-son Qarori dasturulamal boʻlib xizmat qilishini taʼkidladi.

Sherzod Tashmatov har bir yoʻnalish boʻyicha murabbiylar bilan gaplashib, sportchilarimizning holati, ularning potensiali haqida fikr almashdi. Shuningdek, asosiy tarkibga raqobatdosh kuchli zaxira tarkibini shakllantirish, hududlarda seleksiya ishlarini kuchaytirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

Text to speech