31 Yanvar 2023 2031

Oʻzbek shaxmati jahonda yana bir bor eʼtirof etildi

Oʻzbekiston 2022-yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb topildi. Bu haqida Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari, mamlakat shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Saʼdullayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida maʼlum qildi.

Unga koʻra, mamlakatimiz 2022-yil ushbu sport turida erishgan ulkan muvaffaqiyatlar jahon shaxmat hamjamiyati tomonidan munosib eʼtirof etilgan. Kuni kecha Niderlandiyada yakunlangan “Tata Steel Chess-2023" musobaqasidan soʻng hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov yilning eng yaxshi shaxmat mamlakatiga topshiriladigan “Tour Dʻor” – “Oltin minora” sovrinini qabul qilib olishdi. Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasiga ushbu sovrinini fransiyalik mashhur grossmeyster Bashar Kuatli topshirdi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasini bunday yuksak eʼtirof bilan qutlab, terma jamoamiz vakillarining kelgusi faoliyatida ham ulkan zafarlar tilab qoladi.

Text to speech