31 Yanvar 2023 795

Konkurchilarimizning xalqaro maydondagi muvaffaqiyati sezilarli kuchaymoqda

2022-yilgi mavsum ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtdi. Buni 10 ta mintaqada tashkil etilgan “FEI Jumping World Challenge” turnirining yakuniy natijalari yana bir bor koʻrsatib turibdi.

2022-yilning oktyabr oyidagi bellashuvlarda “A” tasnifida ishtirok etgan Gʻayrat Nazarov 165 sportchi orasida eng yaxshi natijani qayd etgan edi. Hamyurtimiz ushbu muvaffaqiyatga “Lasinoʻs Boy” laqabli otda erishgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston terma jamoasi Zimbabve, Boliviya, Ekvador, Gvatemala, Hindiston, Xitoy Taipeyi, Venesuela, JAR, Puerto-Riko, Mavrikiy, Namibiya, Singapur, Gonduras, Indoneziya, Zambiya kabi 17 mamlakat orasida umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot uchun, mazkur musobaqalarda Gʻayrat Nazarov (Lasinoʻs Boy), Bekzod Roʻzmuhammedov (Ornella), Boburjon Valijonov (Alonso 43) mamlakatimiz sharafini himoya qilishdi.

Text to speech