Endi dzyudochilarning Olimpiada reytingi bilan tanishtiramiz
2022-yil iyun oyida Mo‘g‘ulistonda o‘tgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasidan boshlab dzyudochilar uchun Parij-2024 Olimpiadasiga reyting ochkolarini jamg‘arish boshlangan edi. Bugungi kunga kelib, ko‘plab musobaqalar ortda qoldi. Tokio-2020 Olimpiadasi yakunlangach sportchilarning jahon reytingidagi o‘rni bilan tanishtirib borar edik. Endilikda har bir musobaqadan so‘ng hamyurtlarimizning Olimpiada reytingidagi pog‘onalari haqida ma’lum qilib boramiz. Demak, Almada Gran-prisidan so‘ng dzyudochilarning yangilangan reytingi quyidagicha:
-60 kg:
1. Li Xarim (Janubiy Koreya) – 1686 ochko
15. Dilshodbek Baratov – 634
-66 kg:
1. Denis Viyeru (Moldova) – 1686 ochko
14. Muhriddin Tilovov – 664
-73 kg:
1. Daniel Kargnin (Braziliya) – 1630 ochko
4. Shahram Ahadov– 1340
7. Obidxon No‘’monov – 1104
11. Murodjon Yo‘ldoshev – 790
-90 kg:
1. Davlat Bobonov – 1674 ochko
26. Jahongir Mamatrahimov – 433
-100 kg:
1. Iliya Sulamanidze (Gruziya) – 1935 ochko
6. Muzaffarbek To‘raboyev – 1144
+100 kg:
1. Temur Rahimov (Tojikiston) – 1740 ochko
6. Alisher Yusupov – 1060
14. Shohruh Baxtiyorov – 610
Ayollar:
-48 kg:
1. Abiba Abujakinova (Qozog‘iston) – 1754 ochko
36. Halimajon Qurbonova – 317 (qit’aviy kvota)
-52 kg:
1. Uta Abe (Yaponiya) – 1850 ochko
2. Diyora Keldiyorova – 1744
23. Sita Qadamboyeva – 476
-70 kg:
1. Saki Nizoye (Yaponiya) – 1950 ochko
18. Gulnoza Matniyazova – 610
Eslatma:
– Bu Olimpiada reytinining bugungi holati. Tizim 2024-yilning 23-iyun kuni yopiladi;
– Jadvalda reyting yetakchisi, litsenzion hududdan joy olgan yoki qit’aviy kvotaga ega dzyudochilarimiz keltirilgan;
– Bir vaznda ikki yoki undan ko‘p sportchi litsenzion hududdan joy olsa, Olimpiada ishtirokchisi murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra tanlanadi.