31 Yanvar 2023 949

Qilichbozlarimiz Jahon kubogiga tayyorlanishmoqda

Qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Toshkentda oʻtadigan jahon kubogiga qizgʻin tayyorlanmoqda. 10-12-fevral kunlari boʻlib oʻtadigan musobaqada dunyoning eng kuchli sablyachilari poytaxtimizda gʻoliblik uchun kurash olib borishadi. Yigʻinga terma jamoaning asosiy va zaxira tarkib aʼzolari jalb qilingan. Yaqin kunlar ichida Vladimir Nazlimov va Yorqin Yoʻldoshev boshchiligidagi murabbiylar shtabi musobaqada ishtirok etadigan yakuniy tarkibni eʼlon qiladi.

Text to speech