12 Avgust 2020 3080

Suv sporti turlarida navbatdagi onlayn mashg'ulot

Olimpiya sport turlari bo'yicha terma jamoalarimizning onlayn mashg'ulotlari davom etadi. Bugun suv sporti turlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining navbatdagi onlayn mashg'uloti bo'lib o'tdi. Jarayonni Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston suv sporti turlari federasiyasi rahbariyati va trenerlar kuzatib borishdi.

Mashg'ulotlarni suv polosi bo'yicha terma jamoa murabbiyi Akbar Sadikov olib bordi. Dastlavval sportchilar chigalyozdi va yuklama mashqlarini bajarib olishdi. Shundan so'ng sportchilar o'z yo'nalishlari bo'yicha texnik mashqlar ustida ishlashda davom etdilar. Sinxronchilarimizni Oksana Bortnikova, suzuvchilarimizni esa Artur Fomichev shug'ullantirdi.

Ta'kidlash joiz, mashg'ulog'larda o'z yo'nalishida etakchi bo'lgan 20 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.

Text to speech