30 Yanvar 2023 1142

Velosportchi qizlarimiz Turkiyadagi musobaqada muvaffaqiyatli qatnashishdi

Veloshosse bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi Turkiyadagi xalqaro musobaqalar  turnesini boshladi. Ahamiyatlisi, unda qizlarimiz muhim g’alabalarga erishishdi.

“Grand Prix Aspensos” musobaqasida Yanina Kuskova ayollar o’rtasidagi bahslarda oltin, Madina Qahhorova esa bronza medaliga sazovor bo’ldi. Shuningdek, o’smir qizlar klassifikatsiyasida hamyurtlarimiz shohsupaning barcha pog’onasini egallashdi. Unda Sevinch Yo’ldosheva, Asal Rizayeva, Mohinabonu Elmurodova mos ravishda oltin, kumush, bronza medallariga ega chiqdilar.

Text to speech