FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
29 Yanvar 2023 3291

Merganimiz Jahon kubogida g‘alaba qozondi

O‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Indoneziyadagi Jahon kubogi bosqichida ishtirok etishi haqida ma’lum qilgan edik. Bugun erkaklar o‘rtasida 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish dasturida ishtirok etgan Muhammad Kamalov oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan yurtdoshimiz finalda ham ishonchli harakatlari bilan faoliyatidagi muhim g‘alabalardan biriga erishdi. Oltin medal uchun kurashda u turkiyalik Muhammad Kelesdan ustun keldi. 

1. Muhammad Kamalov (O‘zbekiston)

2. Ismoil Keles (Turkiya) 

3. Muhammad Prabova (Indoneziya) 

Qayd etish joiz, bu o‘zbekistonlik sportchilarning Jahon kubogida mazkur yo‘nalishdagi ilk g‘alabasi hisoblanadi. Ushbu muvaffaqiyat bilan Kamalov jahon va Olimpiada reytingi uchun o‘z hisobiga 2000 ochkoni qo‘shib qo‘ymoqda.

Text to speech