29 Yanvar 2023 1402

Velosportchilarimiz Portugaliyada kumush medallarga sazovor boʻldi

Portugaliyadan yana bir xushxabar. Ushbu davlatda ayni kunlarda velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha “Troferu International De Pista Sunlive” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Turnirning navbatdagi bahslarida “Taskent city Professional Women Cycling Team” jamoasi 2 ta kumush medalga sazovor boʻldi.

Hamyurtimiz Margarita Misyurina omnium yoʻnalishida kechgan poygada ikkinchi natijani qayd etdi. Mazkur dasturda gretsiyalik Argiro Milaki gʻalabani tantana qilgan boʻlsa, kuchli uchlikni ispaniyalik Izabel Navarro yakunlab bergan. Misyurina ushbu muvaffaqiyati evaziga 90 reyting ochkosini qoʻlga kiritadi.

Shuningdek, Nafosat Qoʻziyeva bilan juftlikda ishtirok etgan Misyurina medison dasturida ham shohsupaning ikkinchi pogʻonasiga koʻtarildi. Ular ispaniyalik sportchilarga imkoniyatni boy berishdi xolos. Avstriya jamoasi vakillari esa uchinchi oʻrindan joy olishdi.

Text to speech