29 Yanvar 2023
1247
“Tata Steel Chess-2023»: Grossmeysterlarimizga soʻnggi turda ham omad tilaymiz
Bugun Niderlandiyada davom etayotgan nufuzli shaxmat turnirida so‘nggi tur bellashuvlari o‘tkaziladi. 12-turdan so‘ng “Chellenjer” guruhida germaniyalik Aleksandr Donchenko muddatidan avval g‘oliblikni rasmiylashtirdi. Biroq Abdusattorov peshqadamlik qilayotgan “Masters” guruhida hali hech narsa aniq bo‘lgani yo‘q.
Kunning ikkinchi yarmida o‘tadigan bellashuvlarda Nodirbek Abdusattorov (2713) mezbon Yorden van Forest (2581) bilan dona suradi. Ikkinchi o‘rin uchun kurash olib borayotgan Javohir Sindorov (2654) esa Niderlandiya termasining boshqa bir vakili Tomas Berdsen (2515) bilan hisob-kitob qiladi.
“Masters”, 13-tur: Nodirbek Abdusattorov (oq) – Yorden van Forest (qora)
“Chellenjer”, 13-tur: Javohir Sindorov (oq) – Tomas Berdsen (qora)