28 Yanvar 2023 1159

Obidxon Noʻmonov finalda!

Almada shahri (Portugaliya) mezbonlik qilayotgan dzyudo boʻyicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kuni ham Oʻzbekiston terma jamoasi uchun omadli oʻtmoqda. Bugun -73 kg vazn toifasida kurashayotgan Obidxon Noʻmonov final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Namanganlik polvonimiz final yoʻlida Gruziya, Yaponiya, Marokash, Janubiy Koreya vakillarini magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Endi u kechki dasturda qozogʻistonlik Jansay Smagulovga qarshi tatamiga chiqadi.

Afsuski, bugun kurash olib borgan 4 nafar vakillarimiz medallar uchun kurashni erta tark etishdi.

Text to speech