28 Yanvar 2023 1305

Farg‘onadagi sayyor qabulda muammolarga yechim topildi

Hududlardagi sport infratuzilmalarini o‘rganish ishlari davom etmoqda. Respublika ishchi guruhi bilan xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov Farg‘ona Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘ldi. Unda sport sohasidagi takliflar yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul davomida hududdagi mavjud muammolar o‘rganildi.

Qayd etish joiz, Farg‘ona Respublikamizning aholisi ko‘p va zich joylashgan shaharlaridan biri hisoblanadi. Yig‘ilishda mazkur jihatga ham ahamiyat berish, sport va vorkaut maydonlardan unumli foydalanish, yoshlarning bu boradagi taklif va istaklarini o‘rganish bo‘yicha ham topshiriq berildi.

Yig‘ilishda sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarining moddiy-texnik bazalari, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlarga to‘siq bo‘layotgan muammolar o‘rganilib, mahalliy aholining e’tirozlari va qator masalalarga yechim topildi.

Oybek Kasimov uchrashuv yakunida viloyat sport boshqarmasi mutasaddilariga bugungi murojaatlarni chuqur tahlil qilgan holda kelgusi ish rejasini tashkil etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Text to speech