28 Yanvar 2023 1451

Muhriddin Tilovov Almada Gran-prisida chempion!

Almada shahrida dzyudo boʻyicha Gran-pri musobaqasining 1-kuni yakuniga yetdi. Unda qatnashayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi kunni 1 ta oltin medal bilan tugatdi.

-66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Muhriddin Tilovov kun qahramoniga aylandi. Qashqadaryolik polvonimiz bugun yoʻliga roʻbaroʻ boʻlgan barchani, hatto finalda ikki karra Olimpiada sovrindori koreyalik An Baulni dogʻda qoldirdi.

Afsuski, -57 kg vazn toifasida bronza medali uchun bahsda britaniyalik Nekoda Smit-Devis hamyurtimiz Nilufar Ermaganbetovadan ustun keldi.

Text to speech