27 Yanvar 2023 1011

“Tata Steel Chess-2023”: Nodirbek eng yaqin taʼqibchisi bilan durangga imzo chekdi

Musobaqaning 11-turida barchaning diqqat-markazi “Masters” guruhining yetakchilari Nodirbek Abdusattorov hamda niderlandiyalik Giri Anish oʻrtasidagi bahsga qaratildi. Qiziqarli taktikalarga boy oʻyinda tomonlar murosa koʻchasini tanlashdi va oʻz hisoblariga 0.5 ochkodan yozib qoʻydilar.

Ushbu bahsdan soʻng ochkolari hisobini 7.5 taga yetkazib olgan Abdusattorov hamon peshqadamlikni saqlab turibdi. Ayni daqiqalarda “Chellenjer” guruhida Javohir Sindorov boshqa bir mezbon grossmeyster Maks Varmerdam bilan bahs olib bormoqda.

Text to speech