27 Yanvar 2023 873

Tilovov finalda, Ermaganbetova bronza medali uchun kurashadi

Portugaliyada start olgan dzyudo bo‘yicha Almada Gran-prisining birinchi kun kechki dasturida medallar uchun tatamiga chiqadigan sportchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Quvonarlisi, unda -66 kg vazn toifasida Muhriddin Tilovov chempionlik uchun kurashadi.

Hamyurtimiz saralash bosqichlarida Gruziya, Isroil, Janubiy Koreya va Turkmaniston vakillarini mag‘lubiyatga uchratishga erishdi. Uning finaldagi raqibi Janubiy Koreya termasining ushbu vazndagi yetakchisi An Baul bo‘ladi.

Shuningdek, Nilufar Ermaganbetova (-57 kg) bronza medali uchun britaniyalik Nekoda Smot-Devis bilan kurash olib boradi. Afsuski, terma jamoamizning qolgan vakillari medallar uchun kurashni erta tark etishdi.

Text to speech