27 Yanvar 2023 800

Alise Faxrutdinova Ispaniya yigʻinida

Zamonaviy beshkurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Alise Faxrutdinova ayni paytda yangi mavsumga tayyorgarlik koʻrmoqda. Mashgʻulotlar Ispaniyada oʻtkazilyapti.

20-yanvar kuni boshlangan yigʻin 8-fevral kunigacha davom etadi. Unda mezbonlardan tashqari Chexiya, Germaniya, Latviya va Gruziya terma jamoalarining beshkurashchilari, shuningdek, bir qator qilichbozlar ham qatnashmoqda.

Mashgʻulotlarda koʻproq qilichbozlik yoʻnalishiga ahamiyat qaratilib, taktik harakatlar, qolaversa, usullarning texnik ijrosini mustahkamlashga eʼtibor berilmoqda. Jahonning mohir qilichbozlari bilan oʻtayotgan yigʻin joriy yil kutib turgan muhim startlar davomida oʻz samarasini berishi shubhasiz.

Text to speech