27 Yanvar 2023 1274

Yosh sportchilar uchun qishki attestatsiya boshlandi

Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi oʻquvchilari qishki attestatsiyadan oʻtishni boshlashdi. Mazkur jarayonda MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov ham ishtirok etmoqda.

Kunning birinchi yarmida oʻquvchi va murabbiylar, ota-onalar ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Markaz direktori Abror Mamadaliyev, Yoshlar ishlari agentligi mutasaddilari ham ishtirok etishdi. Rasmiylar boʻlajak imtihonlarda yosh atletlarimizga omad tilab, olgan bilimlari kelgusida vatanimiz sharafini xalqaro maydonda himoya qilish davomida as qotishini taʼkidladilar.

Taʼkidlash joiz, attestatsiyadan oʻta olmagan oʻquvchilar markazdagi taʼlimdan chetlatiladi. Rejaga koʻra, bugun 9 sport turida attestatsiya boʻlib oʻtadi. Imtihon jarayonida federatsiya masʼullari, terma jamoa murabbiylari ham ishtirok etishmoqda.

Text to speech