27 Yanvar 2023 1157

Kun tarixi: 5 yil avval “qor jangi”da yoshlarimiz qitʼa chempionligini qoʻlga kiritishgan edi

Ravshan Haydarov boshchiligidagi futbol boʻyicha Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining Xitoyda oʻtgan Osiyo chempionatida gʻolib boʻlganiga ham koʻz ochib yumguncha 5 yil boʻlibdi. Vyetnamga qarshi qalin qor ostida kechgan bahsda Andrey Sidоrov qoʻshimcha taymning soʻnggi daqiqasida gol urib, jamoamizni chempionga aylantirgan edi. Shuningdek, bu oʻyin ob-havo sharoiti sabab futbolchilarimizning har ikki bo'limda turli liboslarda oʻynaganlari bilan ham alohida ajralib turadi. Keling, oʻsha yorqin uchrashuvni yod olamiz:

Text to speech