27 Yanvar 2023 886

Bugun Almada shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasi start oladi

Portugaliyada o‘tadigan yilning ilk turnirida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etishi haqida ma’lum qilgan edik. Bugun yengil vazn toifasida kechadigan bellashuvlarda 6 nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib boradi. Yurtdoshlarimiz musobaqani quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi:

-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov – Luka Mxaidze (Fransiya) 
-66 kg: Bobur Vadjiyev – Karo Marandyan (Ukraina) 
-66 kg: Muhriddin Tilovov – Giorgi Tutashvili (Gruziya)  / Lenin Presiado (Ekvador) 
-48 kg: Halimajon Qurbonova – Virginiya Aymard (Gabon) 
-52 kg: Sita Qadamboyeva – Yasmin Lima (Braziliya) 
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova – Pixla Salonen (Finlyandiya)  / Xayone Ekusoyan (Ispaniya)

Text to speech