26 Yanvar 2023 840

Chavandozlarimiz Polshadagi musobaqada ishtirok etishadi

Ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Bekzod Qurbonov, Nurjan Tuyakbayev hamda Jasur Xotambekov bugun Polshaning Leshno shahriga yetib borishdi. Hamyurtlarimiz ushbu shaharda 27-29-yanvar kunlari tashkil etiladigan xalqaro musobaqada ishtirok etadilar.

Przybyszewo 64-100 Leszno turnirida koʻplab mahoratli chavandozlar jam boʻlishgan. Mazkur musobaqa yurtdoshlarimiz uchun joriy yil boʻlib oʻtadigan nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi. Boʻlajak bellashuvlarda sportchilarimizga omad tilab qolamiz.

Text to speech