26 Yanvar 2023 1343

Yoshlar ishlari agentligi va sport maktablari vakillari bilan yangi rejalar muhokama qilindi

Bugun Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda uning qoshidagi Yoshlar ishlari agentligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbar va xodimlari hududlarda oʻrganish ishlarini boshlashdi. Kunning birinchi yarmida Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov Toshkent shahar Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi vakillari bilan uchrashib, u yerda faoliyat olib borayotgan ishchi xodimlar bilan tanishdi.

Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlari tayyorlash markazida oʻtgan tadbirda ushbu muassasa direktori Abror Mamadaliyev, Toshkent shahar yoshlar siyosati va sport boshqarmasi boshligʻi Akbar Vakilov, Respublika ishchi guruhi vakillari, tumanlardagi sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari rahbarlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvni Sherzod Tashmatov olib borar ekan, yangi tashkil etilgan vazirlik bilan yoshlarni ommaviy sportga jalb etish qamrovini oshirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi haqida gapirib oʻtdi. Shuningdek, har bir tumandagi boshqarma xodimlari, sport maktablari va Yoshlar ishlari agentligi vakillari bilan suhbatlashib, amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Text to speech