26 Yanvar 2023 858

Merganlarimiz Jahon kubogi bosqichiga yoʻl olishdi

28-yanvar – 7-fevral kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida oʻq otish boʻyicha Jahon kubogi bosqichi boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ham gʻoliblik uchun kurash olib borishadi.

Bugun musobaqada qatnashadigan hamyurtlarimiz Indoneziya safariga yoʻl olishdi. Terma jamoamiz Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlida qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan mazkur bosqichda quyidagi yoʻnalishlarda ishtirok etadi:

10 metrga pnevmatik miltiqdan otish: Vadim Skorovarov, Javohir Sohibov, Muxtasar Tohirova.

10 metrga pnevmatik toʻpponchadan otish: Muhammad Kamalov, Vladimir Svechnikov, Ilhombek Obidjonov, Sitora Ergashboyeva, Nigina Saidqulova, Alina Tarasova.

Text to speech