26 Yanvar 2023 1256

“Tata Steel Chess-2023”: Yigitlarimizda durang

Niderlandiyada o’tayotgan shaxmat bo’yicha nufuzli musobaqaning 10-turi yakuniga yetdi. Ma’lumki, Nodirbek Abdusattorov “Masters” guruhidagi ajoyib ishtiroki bilan barchaning diqqat-markazida bo’lib turibdi. Ushbu turda u asosiy raqiblaridan biri xitoylik Lijen Din bilan murosa ko’chasini tanladi. 10-turdan keyin Abdusattorov 7 ochko bilan hamon peshqadamlikni davom ettirmoqda.

“Chellenjer” guruhi g’olibligi uchun kurashayotgan Javohir Sindorov ham bu gal durang qayd etdi. Mezbon Erbin Lavi bilan kechgan bellashuvdan so’ng Sindorov 6.5 ochko bilan uchinchi o’rinni band etib turibdi.

Text to speech