25 Yanvar 2023 525

RSTIAM ishchi guruhi Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasining tibbiy blokini koʻzdan kechirdi

MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM) direktori Kamol Sirojitdinov boshchiligidagi ishchi guruh Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasiga tashrif buyurib, u yerda tibbiy yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mutasaddilarni federatsiya raisining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Goʻzal Moʻminova qarshi oldi.

Kamol Komilovich tashrif davomida federatsiya shifokori bilan sportchilarning salomatligini mustahkamlash, mashgʻulotdan soʻng ularning tiklanish jarayonini bir maromda yoʻlga qoʻyish, qoʻllanilayotgan dori vositalari haqida suhbatlashdi. Oshxonada tayyorlanayotgan ovqatlar ratsioni oʻrganildi.

Qolaversa, tibbiyot xonasi koʻzdan kechirilib, u yerdagi texnikalardan maksimal darajada foydalanish boʻyicha qoʻshimcha tavsiyalar berildi. Tashrif yakunida RSTIAM mutasaddilari mazkur yoʻnalish boʻyicha doimo yordam berishga tayyor ekani bildirildi.

Text to speech