25 Yanvar 2023 1144

“Tata Steel Chess-2023»: Nodirbek jahonning ikkinchi raqamli shaxmatchisiga qarshi

Niderlandiyadagi nufuzli shaxmat turniri hal qiluvchi pallaga kirmoqda. Bugun shaxmatchilar 10-tur uchrashuvini oʻtkazishadi. Unda «Masters» guruhida peshqadamlik qilayotgan Nodirbek Abdusattorov (2713) jahon reytingida ikkinchi pogʻonani egallab turgan xitoylik Lijen Din (2811) bilan bellashsa, «Chellenjer» tasnifida 2-pogʻonaga koʻtarilib olgan Javohir Sindorov (2654) mezbonlar vakili Ervin Laviga (2627) qarshi dona suradi.

«Masters», 10-tur: Nodirbek Abdusattorov (oq)  – Lijen Din (qora) 
«Chellenjer», 10-tur: Ervin Lavi (oq)  – Javohir Sindorov (qora)

Text to speech