25 Yanvar 2023 993

“Tata Steel Chess-2023”: Nodirbek Abdusattorov 7 soatga cho’zilgan o’yinda durang qayd etdi

Niderlandiya mezbonlik qilayotgan shaxmat boʻyicha “Tata Steel Chess-2023” musobaqasida 9-tur bahslari yakuniga yetdi. Unda “Masters” guruhi peshqadami Nodirbek Abdusattorov germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi dona surib, durang o’ynadi. 9 turdan soʻng 6.5 ochko jamgʻargan Abdusattorov hamon ushbu guruh peshqadamligini saqlab turibdi.

“Chellenjer” guruhida Javohir Sindorov navbatdagi gʻalabasini tantana qildi. Bu gal yurtdoshimiz amerikalik Abximanyu Mishrani taslim etdi. Ushbu gʻalabadan keyin 6 ochko jamgʻargan Javohir 2-oʻringa koʻtarilib oldi.

Text to speech